Главная Мой профиль Регистрация Выход Вход
Приветствую Вас Гость | RSS
Воскресенье
19.05.2024
15:39
100BALL.MOY.SU
Меню сайта
Категории раздела
Мои статьи [2]
Наш опрос
Оцениваем преподавателей
Всего ответов: 22
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Форма входа
Главная » Статьи » Мои статьи

Nodepozit tashkilotlar

TMI, KBI-90.91 guruh talabasi Shukurova G.

Ilmiy rahbar: TMI, "Bank ishi" kaf. ass. Salaev R

Sug’urta kompaniyalari. Ular mulk va hayotni sug’urtalash kompaniyalarini hamda baxtsiz hodisalardan sug’urtalash kompaniyalarini o’z ichiga oladi. Aktivlarining miqdori bo’yicha uchinchi o’rinni egallovchi hayotni sug’urtalash kompaniyalari olgan mablag’larini (mukofot) o’lim hodisalarini sug’urtalash uchun ishlatadi. Bu kompaniyalar yuqori aniqlik  bilan statistik jadvalga qarab har yildagi o’lim sonini aniq aytib bera oladi. Shu bilan birga ular norezidentlarning uzoq muddatli aktivlarini, ya’ni uzoq muddatli korporatsion obligatsiyalari va tijorat qo’yilamalarini qabul qiladi. Mol-mulkni va baxtsiz hodisalardan sug’urtalovchi kompaniyalar avtomobil egasini avtomobilni olib qochish va yo’l-transport baxtsiz hodisalaridan, uy egalarini esa yong’in,  o’g’irlik va fors-major  holatlaridan sug’urtalaydi. Ular sug’urta polisi egalariga yillik sug’urta to’lovlarini kamdan kam hollarda shartnomaga muvofiq amalga oshiradi; shu bilan birga ular qoldiq mablag’larini yuqorilikvidli uzoq muddatli aktivlar va past riskli obligatsiyalarga sarflab, qo’shimcha daromad olish ilinjida bo’lishadi.

Nafaqa fondlari. Bu tashkilotlar hayotni sug’urtalash kompaniyalariga o’xshash. Ular  o’zlarining kelajakdagi yillik to’lovlarini oldindan yuqori aniqlik bilan aytib bera oladi.­­­­­­­­­­­­­­­ Ular o’z mablag’larini uzoq muddatli korporatsion obligatsiyalarga, birinchi darajali aksiyalarga, muddatli yirik depozitlar hamda uzoq muddatli qo’yilmalarga investitsiya qiladi.

Moliyaviy kompaniyalar.  Bu kompaniyalar uncha katta bo’lmagan ssuda-kredit jamiyatlari hisoblanadi. Ular ko’proq jismoniy shaxslar va kichik firmalarga beriladigan kam miqdordagi ssudalarni moliyalashtirish uchun turli xildagi qarz instrumentlarini chiqaradilar.

Lombardlarning mijozlari bular – asosiy kredit bozorlaridan mablag’ olish imkoniyatiga ega bo’lmagan hamda kreditni qaytarish salohiyati past bo’lgan mijozlar hisoblanishadi.

Mazkur nobank tashkilot ixtisoslashgan tijorat muassasasi bo’lib, asosiy faoliyati fuqarolarning harakatdagi mulklari garovi ostida qisqa muddatli kreditlar berish va buyumlarni saqlash bilan shug’ullanadi. Lombardlarlar ixtisoslashganlik darajasiga qarab qimmatbaho metallar, maishiy vositalar, zargarlik buyumlari, soatlar, antikvar buyumlar, avtotransportlar va h.k ni garov sifatida qabul qiladi. Buyumlarning bahosi ikki tomonning kelishuvi asosida belgilanadi. Banklar – pulga muhtoj bo’lganlarga mablag’ (kredit) bermasligi tufayli, mijozlar Lombard tashkilotlariga murojaat qiladilar. Bunga sabab, banklar jismoniy shaxslarga kredit berishlaridan oldin mijozlarning kreditga layoqatlilik darajasi o’rganiladi. Lombardlarda esa mazkur kriteriya mavjud emas.

         Qarzdor o’z buyumini qonunda yoki shartnomada belgilangan vaqt oralig’ida qaytarib olishi mumkin. Bunda olingan qarz summasiga Lombard tomonidan belgilangan foiz stavkalarini qo’shish asosida qaytarib sotib olish summasi belgilanadi. O’z vaqtida qaytarib olinmagan buyumlar savdo va auksionda realizatsiyaga qo’yiladi.

         Garov evaziga kredit berish birinchi marta Fransiyadan XV asrda olib-sotarlar  tomonidan ta’sis etilgan. Ular Lombardiya shahridan bo’lganlar, shu orqali «lombard» so’zi kelib chiqqan. Cherkovlar aholini past tabaqali qatlamini pul bilan ta’minlash maqsadida, garovga buyum qo’yish g’oyasini ilgari surgan. Aynan cherkovlar ssuda stavkasini 5% gacha kamaytirishga muvaffaq bo’lgan. Ilk lombardlar uchun pul hayriya ishlari orqali to’plangan.

         XVI asrda ilk bor munitsipial lombardlar paydo bo’ldi (Nyurnbergda). Ularning ham asosiy funksiyalaridan biri aholini past tabaqali qatlamini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashdan iborat bo’lgan. Tilla taqinchoq bezaklari uchun berilgan pullar aholini o’sha vaqtdago ochlikdan, ochlik tufayli yuzaga keladigan o’g’irlik va qonun buzarliklardan saqlab turgan. O’sha vaqtlarda xususiy lombardlar o’zining egasiga juda kata mablag’ keltirgan, chunki hali lombardlar faoliyati davlat tomonidan nazorat qilinmagan. Buning natijasida bu sohada o’zboshimchalik hukm surgan. Lombard egalari shunchalik ko’p pul mablag’iga ega bo’lganidan, yuqori tabaqali shaxslar ham lombardlar xizmatidan foydalanishgan. Hattoki, davlat boshliqlari harbiy faoliyatni amalga oshirish uchun lombardlardan qarz olgan. Ayniqsa bunda taniqli Prussiya podshosi Fridrix mashhur bo’lgan. Shuningdek, Xristofor Kolumb ekspeditsiyasini amalga oshirish uchun Ispaniya qirolichasi o’z tojini lombardga qo’ygan. Sekin-asta lombardlar universal bo’lib bordi…

O’rta Osiyoda 1913-yil 26-sentabrda Toshkent shahrida birinchi Lombard ochilgan. 

Garov predmeti jihatidan lombardlar quyidagilarga bo’linadi:

ü Zargarlik buyumlari Lombardi - Garov sifatida turli xildagi zargarlik buyumlari, ya’ni qimmatbaho metallar, zeb-ziynatlar, qimatbaho toshlar, tilla idishlar va antikvar buyumlar qabul qilinadi. Ularning bahosi lombar ekspertlari tomonidan o’rnatiladi. Aholiga qimmatbaho metal va toshlar evaziga yoki ularni saqlab bergani uchun qisqa muddatli qarz beradi

ü Avtolombard - Ohirgi yillarda eng mashhur Lombard turlaridan hisoblanadi. Garov sifatida avtomobildan foydalaniladi. Uning xusiyati shundan iboratki, qarz oluvchi avtomobilining 90% miqdordagi summasini olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Uning asosiy shartlaridan biri avtomobil qarz oluvchining shxsiy mulki bo’lishi kerak. Lombardga qo’yish huquqini beruvchi shaxsdan ishonchnoma taqdim qilishi shart.  Aholiga avtomobil evaziga qisqa muddatli qarz beradi

ü Maishiy vositalar lombardi - Garovga olinayotgan texnika sozlangan bo’lishi yoki qayta ta’mirlash imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. Bundan tashqari, u yetarli darajada qimmatbaho va ayni vaqtda judayam kata hajmga ega bo’lmasligi lozim. Chunki kredit summasi qaytarilguncha uni Lombard hududida saqlash imkoniyati mavjud bo’lishi kerak.

ü Universal lombardlar - Qonunchilik asosida turli xildagi buyumlarni qabul qiladi. Aholiga Qonunchilik asosida qisqa muddatli qarz beradi

ü Ixtisoslashgan lombardlar - Bunda aynan bir turdagi tovarlarni qabul qilishni afzal bilishadi  Masalan , faqat tilla va zargarlik buyumlari, qimmatbaho soatlar yoki antikvar buyumlar. Aholiga qonunchilik asosida aynan bir turdagi tovarlar evaziga qisqa muddatli qarz beradi

Faoliyati litsenziyalanganligi jihatidan:

ü Litsenziyalangan lombardlar

ü Litsenziyalanmagan lombardlar

Qimmatbaho toshlar va metallar bn bog’liq lombardlar uchun litsenziya muhim hisoblanadi.

Lombardlar tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlar har xil yoshdagi va har xil qatlamdagi aholi orasida yildan yilga tanilib bormoqda. Buning sababi, lombardlardan pul mablag’larini olish ancha tez va rasmiylashtirish oddiy. 



Источник: http://100ball.moy.su
Категория: Мои статьи | Добавил: GNOM (17.05.2013) | Автор: Шукурова Гулрух E W
Просмотров: 1722 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Поиск

 Copyright MyCorp © 2024
Бесплатный хостинг uCoz