Главная Мой профиль Регистрация Выход Вход
Приветствую Вас Гость | RSS
Воскресенье
19.05.2024
13:57
100BALL.MOY.SU
Меню сайта
Категории раздела
Мои статьи [2]
Наш опрос
Оцениваем преподавателей
Всего ответов: 22
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Форма входа
Главная » Статьи » Мои статьи

Lombard biznesi va uning iqtisodiy konyukturadagi o`rni

TMI talabasi: Hayitov A.

Ilmiy rahbar: Salaev R.

Lombard biznesi va uning iqtisodiy konyukturadagi o`rni

Lombardlar – asosiy kredit bozoriga kirish imkoniyati bo’lmagan kreditorlar.

          Lombard (inglizlarda "pawnshops”)  - bu juda oz miqdordagi ssudani juda qisqa  muddatga  taqdim etadigan moliyaviy muassasa bo’lib, bu ssudaning miqdori 1950-yillarning boshida 50 - 70 dollarni tashkil etgan. Mazkur ssudalar qarz oluvchining shaxsiy mulki garovi evaziga beriladi, ya’ni qarz oluvchi kerakli miqdordagi kreditni  olish uchun garov qo’yishi talab etiladi va bu garov olinayotgan kreditni  ta’minlashi shart. Shundan so’nggina kredit taqdim etiladi. Garovga  soat, zargarlik buyumlari, televizorlar, musiqa asboblari, fotoapparat, mobil telefonlar va boshqa shular kabi qimmatli buyumlarni qo’yishi mumkin.

Ssudalar moliya muassasalari, xususan, depozit muasssasalari belgilagan foizdan ancha yuqori stavkalarda beriladi. Shuningdek, lombardlardagi yillik foiz stavkasi 30% dan 240% gacha tebranib turadi.

Shuni ta’kidlab o’tish joizki, lombardlar bir necha asrlardan beri mavjud. Ularning nomi qadimiy inglizcha "pawn” so’zidan olingan bo’lib, "garov” va "ta’minot garovi”  degan ma’nolarni anglatadi. Angliyada bu termin qaytmaydigan bank ssudalarini qo’shimcha sug’urtasi hisoblanuvchi depozit ma’nosida ham qo’llaniladi.

Lombardlarga doimiy tashrif  buyuruvchi mijozlar ichida ko’plab mashhur insonlarni borligi haqida ham ba’zi ma’lumotlar mavjud. Misol qilib, buyuk rus yozuvchisi, shuningdek, "Jinoyat va jazo”, "Ovsar”, "Karamazov aka-ukalari” romanlarining muallifi Fyodor Dostoyevskiyni keltirishimiz mumkin. U  lombardlarga tashrifida o’z  asarlarining qahramonlari timsolini topgan. Dostoyevskiy odamni o’ziga jalb qiladigan va tez qiziqtirib yuboradigan o’yinlarga bo’lgan ishtiyoqi tufayli qarzlar orttirgan va bu qarzlarni to’lash uchun mablag’ olish maqsadida lombardlarga murojaat qilishga majbur bo’lgan. U va u singari lombardlarning boshqa mijozlari o’tmishda ham, hozirda ham lombardlardan  farqli boshqa kreditorlar ― na xususiy shaxslar va na boshqa muassasalarni topa olishgan. Bunga sabab ularning ssudalarni qaytarishga moyilliklari yo’qligidadir.

Ko’pgina rivojlangan mamlakatlarda lonbardlar biznes sifatida rivojlanish darajasi pasayib borgan. Masalan, 1900 – yilda Buyuk Britaniyada 3000 ga yaqin lombardlar bo’lgan bo’lsa, 1980 – yillarning oxiriga lombardlarning soni 175tani tashkil etgan. Bu biznes jahon tendensiyalariga nihoyatda nomuvofiqlik bilan yondashish natijasida  AQSh da oxirgi yuz yillikda o’sdi. Lombardlar soni 1911- yil 2000(har 47000 aholiga bir lombard) ni tashkil etgan bo’lsa, 2000-yilda  bu miqdor 7000(har 36000 aholiga bir lombard) ga yetdi.

1992-yilga kelib barcha lombardlar, tahminiy hisob-kitoblarga ko’ra,  35 – 40 million ssuda berishdi, bu ssudalarning umumiy hajmi 700-750 million dollarni tashkil etardi.

AQShdagi lombardlarning ko’p qismi mamlakatning janubi-shimoliy va markaziy tog’li rayonlarida joylashgan. Lombardlar faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar har bir shtatda turlichadir, shunday ekan lombardlarni aynan shtatlar litsenziyalaydi. Qonunda  belgilangandek, shtat qonunchiligi shartnoma shartlari, mijozning garov sifatidagi buyumlari lombard tilxatida ko’rsatilgan bo’lishini talab etadi. Mijoz bu tilxatning nusxasini oladi, bu hujjatda quyidagilar ko’rsatiladi: mijozning ismi, shaxsini aniqlovchi hujjat; garovga olingan buyum haqida batafsil ma’lumot; raqami(agar mavjud bo’lsa); ssuda miqdori; ssudaning qaytarish muddati; foiz stavkasi; qarzning asosiy summasi ya’ni garovni qaytarib olish uchun to’lanadigan qarz  va uning foizi. Agar mijoz ssudani qaytarmasa (Dostoyevskiy singari, zamonaviy mijozlarning 14-22% qaytarishmaydi) oldindan kelishilgan muddat o’tishi bilan garovdagi buyum lombard mulkiga aylanadi. Odatda ssudalarning miqdori garovdagi buyum bozor narxining 50-60%ini tashkil etadi, shuning uchun ham lombardlar deyarli doimo qarzlarning to’lanmasligidan ham foyda olishadi. Shunga qaramasdan lombard egalarining ko’p  qismi mijozlar o’zlarini garovlarini, qarzlarini butkul to’lagan holda, olib ketishlarini afzal ko’rishadi. Chunki bundady mijozlar yana tez-tez kelishadi. Lombard aylanmasining 70-80%i  doimiy mijozlarga to’g’ri keladi.

AQShda bu biznesning o’sishi nima bilan izohlanadi? Buning asosiy sabab-laridan biri― o’tgan asrda transportning rivojlanishi edi. Ko’p sonli mijozlar o’z bizneslari daromadliligini qo’llab-quvvatlash maqsadida lombardlarga muhtojlik sezadi. Boshqa sabab shunda ediki, ko’plab shtatlar, ayniqsa bu biznes rivojlangan tog’ oldi va janubi-shimoliy hududlarda ssuda foizini yuqorilatayotganlar uchun qonunlardagi yengillik bo’ldi. Shunday ekan lombardlar bunday stavka qo’yish huquqiga ega va bu foyda ko’rishga yetarli edi. Lombard operatsiyalarining oshishi, birinchi navbatda, ikki faktor bilan izohlanadi: bank va moliya muassasalari xizmatlari bahosining oshishi va kam daromadli kategoriyaga kiruvchi AQSh fuqarolari sonining ortishi. Bunday aholi uchun asosiy moliya muassaslari va bozorlardan umid yo’q bo’lgan, ularning so’nggi umidi ― lombardlar edi.

Kam daromadli shaxs asosiy moliya muasssasalaridan ssuda ololmaydimi? Bunga javob nuqtai nazarga bog’liq, shuning uchun birdan bir fikr bilan javob berish mushkul.  Ko’plab iqtisodiy muammolar singari, bu mavzu ham mulohaza talab etadi. Bir tomondan, moliyaviy muassasalar xizmatini nihoyatda baland deb baholovchilar yuqori stavkali lombard ssudasini oladilar. Boshqa tomondan, foizning bunday stavkasi lombard egalariga kam daromadli qarz oluvchi tomonidan ssudani qaytarmaslik riskini uyg’otadi. Bu esa lombardlarga yaxshi. Shunday ekan qarz oluvchilar lombardlardan o’z xohishlari bilan bunday yuqori foiz stavkasini to’lashga rozi bo’lishadi.

Buni shunday sharhlash mumkinki, modomiki banklardan kam  foizli ssuda olish imkoni bo’lmas ekan, lombardlar ham yo’q bo’lsa qarz oluvchilarga juda qiyin bo’lgan bo’lar edi. Lombardlar mijozlarini shu tariqa ma’lum bir ma’noda rag’batlantirib, aholini pul bilan ta’minlab, pul muoamalasi nisbatan ortib, iqtisodiyot rivojiga ulush qo’shishadi.

Категория: Мои статьи | Добавил: GNOM (17.05.2013) | Автор: Azizbek
Просмотров: 2177 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Поиск

 Copyright MyCorp © 2024
Бесплатный хостинг uCoz